
Argyris Papadimitropoulos
Biografiya
Argyris Papadimitropoulos Ramones guruhi o'zining afsonaviy debyut albomini chiqargan yilda tug'ilgan va bu uning pank tabiatini qisman tushuntirishi mumkin. Ikkita ko'p mukofotga sazofor bo'lgan qisqa metrajli filmni ("Pendulum", 2003 va "Tender", 2004) suratga olgach va Berlinale Talent Campus sertifikatini olgandan so'ng, Argyris kassabop to'liq metrajli filmni suratga olgan eng yosh grek kinorejissyoriga aylandi. 2008 yilda chiqqan "Bank Bang" filmi 500 ming tomoshabin yig'ib, kinoijodkorlar va tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi hamda Gretsiya kino akademiyasining "Debyut rejissyor" mukofotini qo'lga kiritdi. Uning keyingi ishi — 2011 yilda suratga olingan "Wasted Youth" filmi 40-Rotterdam xalqaro kinofestivalining ochilish filmi bo'ldi va shundan buyon Toronto, BAFICI, Karlovy Vary, Myunxen kabi dunyoning 40 dan ortiq festival namoyishlarida qatnashdi. Uning so'nggi "Suntan" (2016) filmi Rotterdam kinofestivalida va SXSW Narrative Spotlight dasturida namoyish etildi. Shundan so'ng "Suntan" Edinburg kinofestivalining eng yaxshi film mukofotiga, Bryussel yoshlar jurniyi mukofotiga sazofor bo'ldi va Yevropa Parlamentining Lux mukofotiga nomzod etib ko'rsatildi. Argyris tinimsiz ravishda kino yaratib, loyihalarni suratga olish uchun qo'lidan kelganicha harakat qiladi. Shu kungacha u 200 dan ortiq reklamalarni suratga olib, Yevropaning yetakchi reklama rejissyorlaridan biriga aylandi.
