
Anocha Suwichakornpong
Biografiya
Anocha Suwichakornpong 1976-yilda Tailandda tug'ilgan. U 1990-yillarni Angliyada o'tkazib, u yerdagi universitetlarni bakalavr va magistr darajalari bilan tamomlagan. 2006-yilda Kolumbiya universitetining kino yo'nalishi bo'yicha magistrlik (MFA) dasturini tugatgan va Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi stipendiyasiga sazovor bo'lgan. 2006 yilda Berlin kinofestivalining Talent Campus dasturida qatnashgan, uning "Oq xona" nomli to'liq metrajli ssenariysi Script Clinic dasturi uchun tanlab olingan 15 ta loyiha qatoriga kirgan. Uning "Greslend" nomli bitiruv qisqa metrajli filmi 59-Cannes kinofestivalining Cinefondation dasturiga tanlab olindi. Bu Cannes kinofestivaliga tanlab olingan ilk tailandlik qisqa metrajli film edi. Shuningdek, u 2007-yilgi Sundance kinofestivalida va boshqa ko'plab kinofestivallarda namoyish etilgan.




