Annette Frier
Aktyor

Annette Frier

22-yanvar 1974 · 52 yosh Cologne, Germany

Biografiya

Annette Frier (1974-yil 22-yanvar, Kyoln, Germaniya) — nemis aktrisasi va komik. Maktabni tugatgach, uch yil davomida „Der Keller” nemis teatri qoshidagi maktabda klassik aktyorlik mahoratini o'rgangan va Kyolnda teatr aktrisasi sifatida ishlagan. 1997-yilda RTL telekanalining „Hinter Gittern - Der Frauenknast” serialida 54 qism davomida suratga tushgan. O'sha yili „Post Mortem” trillerida ham ishtirok etgan, mazkur triller 2007-yilda serialga aylantirilgan. 1998-yilda Pro7 telekanalining „Switch” dasturida komik karyerasini boshlagan. Shuningdek, 1999–2001-yillarda Sat.1 kanalining „SK Kölsch” jinoyat serialida o'ynagan. 2000–2002-yillarda „Wochenshow” ko'rsatuviga hammualliflik qilgan. 2004-yildan buyon „Schillerstraße” improvizatsion komedik shousining doimiy ishtirokchisi. 2005-yildan bolalar uchun mo'ljallangan „Sesamstraße” (Sesame Street) dasturida va Pro7 kanalining „Alles außer Sex” komedik serialida suratga tushadi. 2004-yilda Stefan Raabning „SSDSGPS” va 2005-yilda „Bundesvision Song Contest” shoularini olib borgan. 2006-yilda „Schillerstraße” loyihasidagi eng yaxshi dastur g'oyasi uchun „Golden Romy” mukofotiga loyiq ko'rilgan. Kyolndagi „Theater im Bauturm” teatrida „Nora” spektaklida bosh rolni ijro etgan.

Filmografiya (2)