
Biografiya
Anna Netrebko (1971-yil 18-sentyabrda tug‘ilgan) — xalqaro miqyosda tanilgan rus-avstriyalik opera xonandasi (soprano). Salzburg festivali, Metropolitan Opera, Vena davlat operasi va The Royal Opera sahnalarida faol ijod qiladi. Valeriy Gergiyev tomonidan kashf etilgan xonanda ijodini Mariinskiy teatrida boshlagan. 2002-yilgi Salzburg festivalida Motsartning «Don Jovanni» operasida Donna Anna rolini ijro etgach, butun dunyoga tanildi. Dastlab lirik va koloraturali soprano sifatida shuhrat qozongan bo‘lsa-da, keyinchalik «Il trovatore»dagi Leonora va «Macbeth»dagi Ledi Makbet kabi murakkab romantik rollarni ijro eta boshladi. 2016-yildan buyon verizm repertuariga e’tibor qaratmoqda. 2015-yilda ozarbayjonlik tenor Yusif Eyvazov bilan turmush qurgan. 2002-yildan «Deutsche Grammophon» kompaniyasining eksklyuziv san’atkori. Ko‘plab «Echo Klassik» mukofotlari sohibi, 2007-yilda «Time 100» ro‘yxatiga kiritilgan. 2008-yilda Rossiya xalq artisti, 2017-yilda esa Avstriyaning Kammersängerin unvoni bilan taqdirlangan.
