
Angela Lansbury
Biografiya
Deym Anjela Brijid Lensberi (1925-yil 16-oktabr – 2022-yil 11-oktabr) — teatr, televideniye va kinoda rollar ijro etgan britaniyalik-amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. Uning qariyb sakkiz oʻn yillikni oʻz ichiga olgan faoliyatining katta qismi Qoʻshma Shtatlarda oʻtgan va xalqaro miqyosda tanilgan. Uning kinodagi ilk roli 1944 yilda suratga olingan «Gaslight» filmidagi aygʻoqchi xizmatkor boʻlib, bu ijrosi uchun Oskar mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning boshqa mashhur filmlari qatoriga «The Manchurian Candidate» (1962), «Bedknobs and Broomsticks» (1971), «Beauty and the Beast» (1991) va «Anastasia» (1997) kiradi. 1950 yillarda Brodvey musiqiy lentalari va televideniyeda oʻz ijodini davom ettirib, «Gypsy», «Mame» va «Sweeney Todd» kabi Brodvey sahna koʻrinishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Lensberi bugungi tomoshabinlarga, eng avvalo, 1984 yildan 1996 yilgacha AQShning «Murder, She Wrote» teleserialida bosh rolni ijro etgan yozuvchi va izquvar Jessika Fletcher obrazi orqali yaxshi tanish. Uning soʻnggi yillardagi rollari sirasiga «Nanny McPhee» (2005) filmidagi xonim Adelaida Stit, Brodveyning «Deuce» (2007) spektolidagi Leona Mallen, «Blithe Spirit» (2009) va «A Little Night Music» (2010) sahna asarlaridagi xonim Arkati hamda xonim Armfeldt obrazlari kiradi. Koʻp qirraliligi bilan hurmat qozongan Lensberi beshta Toni mukofoti, oltita Oltin globus, Faxriy Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan, shuningdek, uch marta eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun Oskar va oʻn sakkiz marta Emmi mukofotlari kabi boshqa koʻplab nufuzli mukofotlarga nomzod etib koʻrsatilgan.
Karyera bir qarashda
Faoliyat davri
1944 — 2018Janr taqsimoti
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikKo'p birga ishlaydi
Filmografiya (16)
Mayor McGerkle (voice)
Mrs. Van Gundy
Self - Host
Dowager Empress Marie (voice)
Mrs. Potts (voice)
Mrs. Potts (voice)
Mommy Fortuna (voice)
Salome Otterbourne
Miss Price
Mrs. Iselin
Sarah Lee Gates
Self - Presenter
Semadar
Sibyl Vane





















