
Ang Lee
Biografiya
Ang Lee OBS (xitoycha: 李安; 1954-yil 23-oktabrda tug'ilgan) — tayvanlik kinorejissyor. Uning filmlari hissiyotlarga boyligi hamda botiniy va yashirin kechinmalarni ochib berishi bilan ajralib turadi. Faoliyati davomida u xalqaro miqyosda e'tirof etilib, ikkita "Oskar", beshta "BAFTA" va uchta "Oltin globus" mukofotlari jumladan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Pingtung okrugida tug'ilgan Lee Tayvanda "Father Knows Best" trilogiyasi, jumladan an'analar va zamonaviylik hamda Sharq va G'arb madaniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarni ochib beruvchi "Pushing Hands" (1991), "The Wedding Banquet" (1993) va "Eat Drink Man Woman" (1994) filmlari bilan tanildi. uning Gollivuddagi ilk ingliz tilidagi filmi bo'lgan "Sense and Sensibility" (1995) uning ijodida burilish yasadi. Uning boshqa mashhur filmlari orasida "The Ice Storm" (1997), "Crouching Tiger, Hidden Dragon" (2000), "Hulk" (2003), "Lust, Caution" (2007), "Brokeback Mountain" (2005), "Life of Pi" (2012), "Billy Lynn's Long Halftime Walk" (2016), "Gemini Man" (2019) bor.









