
Andrea Di Stefano
Biografiya
Andrea Di Stefano (1972-yil 15-dekabrda tug‘ilgan) — italyan aktyori. Rimda tug‘ilgan aktyor aktyorlik mahoratini o‘rganish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan. AQShda Andrew Hunt rejissorligidagi "Smile" mustaqil filmida rol o‘ynagan. 1997-yilda Marco Bellocchio’ning Kann kinofestivaliga kirgan "Il principe di Homburg" filmida bosh rolni ijro etgan. Dario Argento’ning "Il fantasma dell'opera", Alex Infascelli’ning "Almost blue" va Roberta Torre’ning "Angela" kabi filmlarida suratga tushgan. Keyinchalik Ferzan Özpetek’ning "Cuore Sacro" filmida Giancarlo rolini o‘ynagan. Andrea Di Stefano ko‘plab teleseriallarda ham ko‘rinish bergan: 1999-yilda Damiano Damiani’ning "Ama il tuo nemico" filmida Fabrizio Canepa, 2006-yilda Gianluigi Calderone’ning "I colori della gioventù" telefilmi hamda 2007-yil bahorida namoyish etilgan "Medicina generale" serialida iqtidorli shifokor Giacomo Pogliani obrazlarini gavdalantirgan.




