
Andershow
Biografiya
Anderson Luis de Abreu Oliveyra (1988-yil 13-aprelda tug'ilgan), odatda Anderson yoki Andershow nomi bilan tanilgan — braziliyalik futbolchi, yarimhimoyachi pozitsiyasida to'p surgan. U maydonni yaxshi ko'rishi va jismoniy baquvvatligi bilan ajralib turadigan markaziy yarimhimoyachi bo'lgan. O'z faoliyatini "Gremio" klubida boshlagan Anderson 2005-yilgi pley-off bahslarida "Nautiko" darvozasiga kiritgan goli evaziga jamoasining Braziliya A seriyasiga chiqishiga katta hissa qo'shgan. 2005–2006-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Portriga ko'chib o'tgan va u yerda ikki mavsum davomida asosiy tarkibdan joy olgan. Shu vaqt ichida ikki marta Primyera liganing, shuningdek, Portugaliya kubogi va Superkubogining g'olibi bo'lgan. 2007–2008-yilgi mavsum oldidan "Manchester Yunayted" safiga qo'shilib, bu jamoa bilan to'rt marta Angliya Premyer-ligasi, shuningdek, 2007–2008-yilgi UEFA Chempionlar ligasi va Liga kubogini qo'lga kiritgan.
