
Alison Doody
Biografiya
Alison Doody (1966-yil, 11-noyabr) — irlandiyalik aktrisa va model. U san'atga bo‘lgan qiziqishini monastir qoshidagi ta'lim maskanida orttirgan. Keyinchalik Dublindagi Milliy tasviriy san'at kollejida o‘qigan bo‘lsa-da, motivatsiya yetishmasligi sababli o‘qishni tashlab ketgan. Do‘stlari bilan kafeda o‘tirganida, bir fotograflar unga modellikni taklif qilishadi. Qo‘shimcha daromad ilinjida rozi bo‘lgan Alison tez orada bu ishni professional darajada davom ettira boshlaydi. Turli reklama loyihalari orqali dunyo kezgan aktrisani kasting direktori payqab qoladi va unga aktyorlikni sinab ko‘rishni tavsiya qiladi. 19 yoshida Londonga yuborilgan Alison, James Bond filmlar turkumiga kiruvchi "A View to a Kill" (1985) loyihasi uchun o‘tkazilgan tinglovdan muvaffaqiyatli o‘tadi. Aktyorlikka mehri tushgan Doody bu sohada qolishga qaror qiladi. Uning karyerasidagi eng katta yutuq "Indiana Jones and the Last Crusade" (1989) filmidagi doktor Elsa Schneider obrazi bo‘ldi. Steven Spielberg va George Lucas uning qiyofasini Grace Kellyga qiyoslab, hazilkashligini yuksak baholashgan. Indiana Jones filmidan so‘ng Gollivudga yo‘l olgan aktrisa, Cybill Shepherd o‘rniga L'Oréal brendining yuziga aylandi.
Filmografiya (3)
Cassandra Buxton
Jenny Flex


