
Alina Abdullayeva
Biografiya
Ukrainada tug‘ilgan Alina 17 yoshida Ozarbayjonning Boku shahriga ko‘chib o‘tgan. Boku madaniyat va san’at universitetining ssenariy bo‘limini tamomlagan. 2004-yilda FOCAL jamg‘armasining AVANTI dasturi granti asosida “Try not to breathe” qisqa metrajli filmini suratga olgan (Berlinale Talent Campus 2004 ishtirokchisi, 2007-yilgi Salento Finibus Terrae kinofestivalida “Eng yaxshi rejissyor”). 2006-yilda Veit Helmerning “Absurdistan” (Germaniya-Ozarbayjon) filmida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2007-yilda asos solgan “MOTOR” mustaqil studiyasi bir qancha loyihalarni amalga oshiradi, jumladan, ayol rejissyorlar hamkorligidagi “woMEN” tashabbusi. Rivojlanish bosqichidagi “The Matchmaker” filmi Tbilisidagi xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi pitch” deb topilgan, shuningdek, Gyoteburg kinofestivali fondi grantiga ega bo‘lib, Berlinale Script Station va EAVE 2013 dasturlariga saralangan. “Keep Hanging!” animatsion filmi 2013-yilda Robert Bosch nomidagi hamkorlik mukofotiga nomzod bo‘lgan.
