
Alexandre Koberidze
Biografiya
Alexandre Koberidze (1984-yil 19-oktyabrda Tbilisida tugʻilgan) — gruziyalik kinoijodkor, ssenariynavis, montajchi va aktyor. Hozirda Berlindagi Germaniya kino va televideniye akademiyasida tahsil olmoqda. Uning "Kolofon" (2015) nomli ilk qisqa metrajli filmi Oberxauzendagi kinofestivalda namoyish etilgan. Ikkinchi toʻliq metrajli filmi — "Yozning qayta kelmasligi" (2017) Marseldagi FID festivalida Xalqaro tanlovning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Koberidze "Osmonga qaraganimizda nimani koʻramiz?" nomli ikkinchi badiiy filmi bilan 71-Berlin xalqaro kinofestivalining asosiy tanloviga taklif etildi. Qariyb ikki yarim soat davom etadigan ushbu kartinada rejissyor oʻzining avvalgi "Yozning qayta kelmasligi" filmidagidek yana "maqsadlilikdan holi boʻlish poeziyasiga" murojaat qilgan. Gruziyaning Kutaisi shahrida boʻlib oʻtadigan ushbu romantik film sehrli laʼnatga uchragan oshiqlar taqdiri haqida hikoya qiladi. Garchi film hakamlar hayʼati eʼtiboridan chetda qolgan boʻlsa-da, Koberidze FIPRESCI mukofoti bilan taqdirlandi.
