
Biografiya
2004-yilda Gobelins kino maktabini tamomlagan. Uning talabalik yillarida suratga olgan "Bigoudenn Migration" qisqa metrajli filmi ko‘plab xalqaro festivallarda, jumladan, 2005-yilgi SIGGRAPH festivalida hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘lgan. O‘qishni tugatgach, AQShga ko‘chib o‘tib, DreamWorks Animation studiyasida "Kung Fu-Panda" (2008) animatsion filmida faoliyat yuritgan. Uch yillik tajribadan so‘ng Fransiyaga qaytib, Benoit Philippon bilan hamkorlikda "Mune, the moon guardian" nomli birinchi to‘liq metrajli kompyuter animatsiyasini suratga oldi. On Entertainment tomonidan ishlab chiqarilgan film Parijda yaratilgan, grafik ishlari esa Kanadaning Mikros Montréal studiyasida amalga oshirilgan. Film jahon prokatida muvaffaqiyat qozonib, Tokyo Animation Award, Toronto TIFF, Kids’s Screen va Stokgolm xalqaro kinofestivallarida mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
