
Biografiya
Alex Kalymnios — ingliz kinorejissyori, prodyuseri va ssenariysi. Kalymnios dastlab Children's BBC telekanalida yordamchi (runner) bo‘lib ish boshlagan. Shu yerda to‘rt yil ishlab, yordamchi prodyuser darajasiga qadar ko‘tarilgan. Ish faoliyati davomida „More Than a Job's Worth“ qisqa metrajli filmini suratga olgan, unga prodyuserlik qilgan va ssenariy yozgan. 2007-yildan boshlab „Hollyoaks“ serialining ayrim qismlarini suratga ola boshlagan. 2009-yilgacha u ushbu serialning 13 ta epizodini boshqargan. 2008–2012-yillarda „Hollyoaks“ning spin-offi bo‘lgan „Hollyoaks Later“ serialining 7 ta qismini suratga olgan. 2011-yilda Kalymnios „Being Human“ serialining spin-offi — „Becoming Human“ni boshqargan. Ushbu loyiha unga BAFTA Cymru mukofotining „Raqamli ijodkorlik va o‘yinlar“ hamda Banff Rockie Award mukofotining „Eng yaxshi badiiy veb-serial“ nominatsiyalarini keltirgan. Shuningdek, Kalymnios „Seacht“, „The Cut“, „EastEnders“ va „Waterloo Road“ kabi seriallarni ham boshqargan. 2015-yilda u „Cleveland Abduction“ nomli filmni suratga olgan.
