Aleksei Fomkin
Aktyor30-avgust 1969 — 24-fevral 1996

Aleksei Fomkin

Moscow, RSFSR, USSR

Biografiya

Moskvada oddiy oilada tug‘ilgan. Moskvadagi 516-maktabda o‘qigan. O‘qishda unchalik faol bo‘lmagan. 1976–1979-yillarda «Dinamo» zavodi qoshidagi bolalar qo‘g‘irchoq teatrida, so‘ngra «ZIL» madaniyat saroyi studiyasida tahsil olgan. «Yeralash» jurnali orqali Pavel Arsenovning e’tiboriga tushib, Kolya Gerasimov rolini ijro etgan. 1988-yilda maktabni bitirib, armiyaga qadar yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Irkutsk viloyatining Angarsk shahrida harbiy xizmatni o‘tagan. Armiyadan qaytgach, Gorkiy nomidagi Moskva san’at teatriga ishga kirgan, biroq uch oy o‘tgach, ishga chiqmaganligi sababli bo‘shatilgan. Keyinchalik qurilishda bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan. Giyohvandlikdan qutulish maqsadida Moskvani tark etib, Vladimir viloyatidagi Bezvodnoye qishlog‘iga ko‘chib o‘tgan. U yerda tegirmonchi bo‘lib ishlagan va Lena ismli ayol bilan tanishib, oila qurgan. 1996-yil 22-fevralda do‘stlari bilan Sovet armiyasi kunini nishonlagan. 1996-yil 23-fevraldan 24-fevralga o‘tar kechasi xonadonida yong‘in chiqib, Aleksey uyquda bo‘lgani sababli vafot etgan.

Filmografiya (1)

Коля Герасимов