
Biografiya
Alan Sun Kim (2012-yil 23-aprelda tug‘ilgan) — amerikalik yosh aktyor. U 7 yoshida Li Ayzek Chungning “Minari” epik dramasida yurak xastaligiga chalingan, Arkanzasda yashovchi koreys-amerikalik bola — Devid Yi rolini maromiga yetkazib ijro etib, tomoshabinlar va tanqidchilar olqishiga sazovor bo‘lgan. Alan 2021-yilda “Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa” nominatsiyasida Critics' Choice mukofotini qo‘lga kiritgan va BAFTA mukofotiga nomzod bo‘lgan. Bo‘sh vaqtlarida velosipedda yurishni, qog‘ozdan turli buyumlar yasashni va iti Krim bilan o‘ynashni yoqtiradi. Navbatdagi loyihasi — “LATCHKEY KIDS” mustaqil filmi.


