
Alan Gelfant
Biografiya
Alan Gelfant (1957-yil 21-mayda Nyu-Yorkning Sirakyuza shahrida tug'ilgan) — amerikalik kinoaktyor. Alan Gelfant 50 dan ortiq sahna asarlarida, shuningdek, o'nlab Tino shou va filmlarida rol o'ynagan. U Next Stop Wonderland, The Destiny of Marty Fine, Men in Scoring Position, Turn of Faith kabi filmlarda va yuqori baholangan Hero hujjatli filmida bosh rollarni ijro etgan. Rejissyor sifatida yangi pyesalarga qiziqish bildirib, Los-Anjelesda o'tkaziladigan Stella Adler Theatre - One Act Play Festival yillik festivaliga asos solgan. HBO telekanali uni Colin Quinnning "The Seven Sacraments" nomli monospektakliga rejissyor va hammuallif etib tayshagan. Nyu-Xempshir va Vermont shtatlarining Upper Valley hududida Gelfant Parish Players teatrining spektakllarida prodyuser, rejissyor va aktyor sifatida qatnashib, "A View From The Bridge" asarida Eddie Carbone rolini ijro etgan. Kino, televideniye va teatrda professional aktyorlik va rejissyorlik qilishdan tashqari, Alan Gelfant o'rta maktablarda aktyorlik mahorati, dramaturgiya va kinochilikdan saboq beradi. Hozirda u Dartmut kollejida Madaniyatshunoslik dasturi doirasida yozish va ritorika fanidan dars berib, ta'lim maqsadlarida hujjatli filmlar yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib boradi.
