
Rejissyor
Aisultan Seitov
31-yanvar 1997 · 29 yosh Astana, Kazakhstan
1ish TOMO’da
Biografiya
Aysultan Seitov — qozoq rejissori va klipmeyker. Ostona shahridagi Qozoq-turk litseyini tamomlab, Nyu-York kino akademiyasida rejissyorlik bo'yicha tahsil olgan. O'qish davomida ishlangan "Shakal" qisqa metrajli filmi 2016-yilda Nyu-Yorkdagi Hollywood Boulevard kinofestivalida "Eng yaxshi rejissyorlik" mukofotini olgan. U Jah Khalibning "Medina" qo'shig'iga ishlangan klipi bilan mashhur bo'lib, bu loyiha Qozog'iston tarixidagi eng qimmat musiqiy video hisoblanadi. Shuningdek, "Charisma" nomli hujjatli filmi va turli muvaffaqiyatli loyihalari bilan tanilgan.
