
Biografiya
Qozog‘istonlik aktrisa va model. Bolaligidan raqs bilan shug‘ullangan, 8-sinfdan esa teatrlarda faoliyat boshlagan. 2020-yilda BIP House TikTok jamoasiga qo‘shilib, @monalemi taxallusi bilan mashhurlikka erishgan (5 milliondan ortiq obunachi). 2025-yilda 75-Berlin xalqaro kinofestivalida (Berlinale) Qozog‘iston nomidan ishtirok etgan va festival hamkori bo‘lgan Armani Beauty tadbirida qatnashgan. Ayni paytda kino va model biznesi sohasida xalqaro darajada faoliyat yuritmoqda.


