
Ahmed Azmy
Biografiya
Ahmed Azmy ijodiy faoliyatini 11 yoshida, bolalar radioeshittirishlariga she'rlar yozishdan boshlagan. Uning ta'sirchan she'rlari o'sha vaqtdagi radioeshittirish rahbari Mohamed Hamdyni qiziqtirib qo'ygan. Hamdy uni Abla Fadila bilan tanishtiradi va u bolalar radiosining doimiy qatnashchisiga aylanadi. Aktrisa Inaam elKretili ko'magida televideniyega o'tgan Azmy, ilk bor «The Knights» teleserialida bola aktyor sifatida ko'rinish bergan. Maktabni tugatgach, u Oliy san'at akademiyasiga o'qishga kiradi. Keyinchalik rejissyor Youssef Shahinning agentligiga qabul qilinib, qattiq kastinglardan o'tib, «Closed Doors» filmida katta yoshdagi rollardan birini ijro etadi. 2001-yilda ushbu roli uchun uchta kinofestivalda «Eng yaxshi aktyor» mukofotini qo'lga kiritadi. Shundan so'ng Yousry Nasrallahning «The City» filmida suratga tushadi. Yehia elfakharany bilan birga rol ijro etgan «Abbas elAbyad» serialidagi obrazi unga katta mashhurlik keltirdi. Azmy Yehia elfakharanyni o'zining kino sanoatidagi ustozi deb biladi.
