
Adli Shinichi
Biografiya
Adli Malaya universiteti Madaniyat markazi Drama fakultetining aktyorlik yo'nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Shuningdek, Xitoyning Pekin shahridagi Milliy xitoy teatr san'ati akademiyasida (NACTA) Xitoy operasi sirlarini o'rgangan. O'qishni tugatgandan so'ng, asosan Kuala-Lumpur va Malayziyada ijod qilib kelmoqda. U «Tambo Keramat», «Bang-Lah» va «Penglipur Lara» kabi teatrlarda rollar o'ynagan. Shuningdek, «3 Gadis Manis», «Sa-Ringgit» va boshqa veb-seriallar, qisqa metrajli filmlarda suratga tushgan. 2019 yil dekabr oyida Astro Exclusive telekanalida namoyish etilgan Malayziya va Indoneziya hamkorligidagi «Sembilan» dramasida suratga olish ishlarini yakunlagan. Razaisyam rejissyorligatagi ushbu drama qahramoni Sipetni gavdalantirgan. 2019 yil oxirida TV Al Hijrah telekanalida efirga uzatilgan «Taqwa Dalam Tawa» mini-epizodida Din Stuck rolini ijro etgan. Bular bilan bir qatorda u video-montajchi va shoir sifatida ham faoliyat yuritadi. Cosplay guruhlari musobaqalarida qatnashib, ushbu jamoatchilikdagi yirik chempionliklarni qo'lga kiritgan.
Filmografiya (1)
Sipet
