
Aaliyah
Biografiya
Aaliyah Dana Haughton (1979-yil 16-yanvar – 2001-yil 25-avgust) — amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, raqqosa va model. "R&B malikasi" va "Urban pop qirolichasi" deb nom qozongan ijodkor zamonaviy R&B, pop va hip-hop yoʻnalishlarini qayta shakllantirishga katta hissa qoʻshgan. Aaliyah uchta American Music Award, ikkita MTV VMA mukofotlari hamda beshta Grammy nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. Bruklinda tugʻilib, Detroydda ulgʻaygan xonanda ilk bor 10 yoshida "Star Search" televizion shou-dasturida qatnashib, Gladys Knight bilan bir sahnada qoʻshiq kuylagach eʼtirof etila boshladi. 12 yoshida Jive Records hamda togʻasi Barry Hankerson'ga qarashli Blackground Records studiyalari bilan shartnoma imzoladi. Hankerson uni R. Kelly bilan tanishtirdi va u xonandaning ustozi hamda debyut albomi boʻlgan "Age Ain't Nothing but a Number" (1994) ning asosiy qoʻshiq muallifi va produseriga aylandi. Albom AQShda uch million nusxada sotilib, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan ikki karra platina sertifikati bilan taqdirlandi. Kelly bilan noqonuniy nikoh qurilgani haqidagi mish-mishlardan soʻng, Aaliyah Jive bilan shartnomasini bekor qilib, Atlantic Records bilan shartnoma tuzdi. Aaliyah oʻzining uch million nusirada AQShda, sakkiz milliondan ortiq nusxada butun dunyoda sotilgan ikkinchi albomi — "One in a Million" (1996) ustida produserlar Timbaland va Missy Elliott bilan hamkorlik qildi. 2000-yilda u Jet Li bilan birgalikda "Romeo Must Die" jangari filmida aktris sifatida debyut qildi. U film saundtrefiga oʻzining "Try Again" singli bilan oʻsa qoʻshdi. Singl chartlarda birinchi oʻrinni egalladi
Filmografiya (2)
Trish O'Day

