Dan Brown
Muallif

Dan Brown

1kitob
1ekranlashtirish

Mukofotlar

премия «Золотая закладка» журнала «Humo»Crimezone Thriller AwardsCrime Thriller Awards

Biografiya

Dan Brown – amerikalik yozuvchi. U qator bestseller romanlarning muallifi, jumladan, Da Vinchi siri asari barcha davrlarning eng koʻp sotilgan romanlaridan biriga aylangan, hamda kitobxonlar va olimlar oʻrtasida intellektual munozaralarga sabab boʻlgan. Braunning romanlari dunyo boʻylab 57 tilga tarjima qilinib, umumiy hisobda 200 million nusxadan ortiq nashr etilgan. 2005-yilda Braun "Times" jurnali tomonidan dunyoning 100 ta eng nufuzli odami roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, muharrirlari unga „nashriyot sanoatini saqlab qolgan“ deb taʼrif berishadi. Braunning „Farishtalar va shaytonlar“, „Inferno“ va „Da Vinchi siri“ romanlari filmlarga moslashtirilgan boʻlib, „Yoʻqolgan nishon“ asari asosida telekoʻrsatuv kichik ekranlar yuzini koʻrgan. Adibning „Raqamli qal’a“, „Da Vinchi siri“, „Ibtido“, shuningdek „Farishtalar va shaytonlar“ romanlar oʻzbek tilida chop qilingan.

Kitoblar (1)

Ekranlashtirilgan (1)

Saralash